avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri.

Зулфияхоним ва унинг издошлари

                               Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri
Reja:
1.     Mehr – muhabbatga sazovor insonlar
2.     Qarisi bor uyning parisi bor
3.     2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”
4.     Men buvimga o’xshashni xohlayman
5.     Mening bobom, buvim­­­­ – mahallamiz faxri
      Hayotimizda shunday insonlar borki, biz ularni e’zozlashimiz va ehtirom ko`rsatishimiz kerak. Bular keksa bobo, buvilarimiz va albatta ota – onalarimizdir. Bizning yurtimizda yashovchi har bir keksa e’zoz va ehtiromdadir. Ularning mehnatlari hamisha davlatimiz tomonidan qadrlanib kelmoqda. Yurtimiz tomonidan ular uchun keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Vatanimizning mustaqillikka, istiqlolga erishishida ularning fidokorona mehnatlari, oqilona fikrlari juda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Bulardan O`zbekiston qahramoni Ozod Sharafiddinovni, Abdulla Oripovni, Erkin Vohidov kabi insonlarni aytib o`tish mumkin. Ana shunday insonlar albatta mehr – muruvvatga sazavordirlar. Ularga Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan mukofotlar berilgan. Bunday ehtirom, bunday mukofotlar boshqa hech qaysi mamlakatda yo`q.
      “Qarisi bor uyning parisi bor” deydilar. Haqiqatan ham keksalari bor uy fayzli, salobatli va farishtali ko`rinadi. Shu uyda tarbiya topgan farzandlar esa ma’naviyatli, vataniga, tug`ilib o`sgan joyiga, ota – onasiga mehr – muruvvatli bo`lib o`sishadi. Chet davlatlarda farzand voyaga yetishi bilan ota – onasidan mustaqil yashar ekan. Buni eshitib hayron qoldim. Bizning mentalitetimizga bunday narsalar yotdir. Hatto hadislarda ham ota – onani keksayganda e’zozlash, ularni boshimizga ko`tarish haqida yaxshi gaplar aytilgan. Rivoyat qilishlaricha, bir kishi payg`ambarimizdan “Qanday ish qilsam, eng ulug` savobga ega bo`laman?” deb so`rabdi. Shunda payg`ambarimiz (s.a.v) shunday debdilar: “Ota – onangiz hayot bo`lsa,bundan ulug` savob yo`qdur” deb javob bergan ekanlar. Yurtboshimizning “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida ham ota — onani, keksalarni e`zozlash, o`tmishdagi ota — bobolarimiz hayotlarini o`rganish biz yosh avlodning yuksak ma`naviyatli bo`lib o`sishimzda katta ahamiyatga ega ekanligi aytib o`tilgan.
      Prezidentimiz muhtaram I.A.Karimov 2015 – yilni “Kesalarni e`zozlash yili” deb e`lon qildilar. Shu munosabat bilan keksalarimiz uchun qator farmonlar qabul qilindi. Keksalarga bepul xizmat ko`rsatish, ularga tibbiy yordam berish, moddiy yordam berish shular jumlasidandir. Bu imtiyozlardan mening bobom va buvim ham chetda qolmadilar. Ularni yaqinda tumanda o`tkazilgan “Qo`sha qarib, qadr topganlar” tadbiriga taklif qilishdi. Tadbirda bobom, buvim hayot yo`llari haqida, ularning qilgan mehnatlari haqida gapirib berishdi, ularga hokimlikning faxriy yorliqlari va mukofatlarini topshirishdi.
      Mening bobom ilgari o`qituvchi bo`lib ishlaganlar. Hozir nafaqada bo`lishlariga qaramasdan, mahalla oq soqoli bo`lib ishlab kelmoqdalar. Keksa bo`lishlariga qaramasdan, mahallamiz obodonligi, tinchligi, ozodaligi kabi ishlarni bajarishda doimo bosh – qoshdirlar. Buvijonim  bo`lsalar  tumandagi xotin – qizlar qo`motasi a’zosidir. Ular ham nafaqadalar. Biz nevaralarini doimo yonlariga chaqirib, o`z  maslahatlarini berib turadilar.  Mahallamizda  ularni hamma hurmat qiladi. Halol mehnatlari  sharofatidan, 2012 – yilda Haj ziyoratiga borib keldilar.
      Men yoshligimdan buvimdek bo’lishni orzu qilaman. Buvim menga har doim “qiz bola ozoda bo`lishi, odobli esli – xushli va eng asosiysi tikish – bichishga chaqqon bo`lishi kerak ”, — deydilar. Buvim o`zlari har doim ko`rpa tikadilar. Hozirda ip o`tkazishga qiynalsalar-da tikishni kanda qilmaydilar. Men buvimga har doim ignaga ip o`tkazib beraman. Men ham buvimdan tikish sirlarini o`rganyapman. Chunki, qiz bola tikishni bilmasligi mumkin emas. Yana buvim menga nafaqat  tikishni,  balki shirin ovqatlar tayyorlashni  ham o`rgatadilar. Hozirda buvim shirin – shirin nonlar yopishni o`rgatyapdilar. Men ham xuddi buvimdek,  boshqalarga  o`z bilganlarimni  o`rgatama. Kecha buvimning tug`ilgan kunlari bo`lib o`tdi. Men buvimga o`z qo`llarim bilan tayyorlagan to`rtni sovg`a qildim. Bobom va buvim mazza qilib yedilar. Buvim juda xursand bo`ldilar. Chunki, qariyalar e’tiborli mehrni juda yaxshi ko`radilar. Biz ularni hech qachon unutmasligimiz, e’tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak.
       Mening bobom va buvim mahallamiz faxri sanaladilar. Bobom bilan buvim shu mahallada tug`ilganlaridan buyon yashab kelmoqdalar. Ular hozirgacha shu mahallada o`zlarining halol mehnatlari bilan xizmat qiladilar. Bobom va buvim mahallamiz  odamlarini o`z farzandlaridek yaxshi ko`radilar. Mahallamizda ularni barcha hurmat qiladi. Bobom bilan buvim qanchadan – qancha  yaxshi-yu yomon kunlarni birgalikda boshlaridan kechirganlar. Shunga qaramasdan yaxshi kunlar borligiga ishonganlar. Ular o’zlari och qolishsa ham o’z nonini boshqalar bilan ulashganlar. Oilalari ibratli, o`g`illari va nevaralari o`qimishli, bilimli bo`lishimizni doimo ta’kidlaydilar. Hozirgi kunda, ayniqsa nevaralari o`qishlariga, kasb – hunar egallashlariga juda katta e’tibor beradilar. Shuning uchun ham Urganch Davlat Universitetida tahsil olishmoqda. Kichik nevaralari sportning dzyudo turi bo`yicha Qozog`istonda o`tkazilgan musobaqada birinchi o`rinni olib, oltin medal bilan taqdirlandi. Mening ham ingliz tilini o`rganishimga bobom va buvijonim yo`l ko`rsatganlar. Yurtimiz tinchligi va farovonligi bu mustaqilligimiz tufayli ekanligini doimo ta’kidlab, “Avvalo mahallani, tug`ilib o`sgan joyingni, vatningni sevsang, unga foydang tegsa, albatta, baxtli bo`lasan”, deydilar bobom va buvim. Men ham kelajakda bobom va buvimdek bo`lishga, ulardek unsonlarga foydam tegishini juda xohlardim. Buning uchun hali ko`p o`qishim, o`zim sevgan kasbni egallashim kerak. Bu yo`lda albatta menga bobom va buvim maslahatlari kerak bo`ladi. Baxtimizga ular doimo sog` — omon bo`lsinlar.
 
                                          Duo qilib o`tirarlar,
                                          Nasihatlar qilarlar .
                                          O`qib olim bo`lgin deb,
                                          Qulog`imga quyarlar.
 
Rahimova Farog`at.
Xorazm viloyat
Urganch shahar
8-son IMI
Tel:99891 430 07 05